Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Entoni Joshua halokatga uchragan avtomobil haydovchisiga to‘rtta ayblov qo‘yildi

Entoni Joshua halokatga uchragan avtomobil haydovchisiga to‘rtta ayblov qo‘yildi

Nigeriya polisiyasi 29 dekabr kuni sobiq jahon chempioni Entoni Joshua halokatga uchragan Lexus avtoulovini boshqargan 46 yoshli Adeniya Mobolaji Kayodiga ayblov e’lon qildi.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida Joshuaning ikki murabbiyi halok bo‘lgan, bokschining o‘zi esa jarohat olgan edi. Hammasi bo‘lib Kayodiga to‘rtta ayblov qo‘yilgan, jumladan, o‘limga olib kelgan xavfli haydash, shuningdek, amaldagi haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarish.

Eslatib o‘tamiz, tezlikni oshirgan Kayodi oldidagi mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lganida boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan (versiyalardan biriga ko‘ra, avtomobilning pokrishkasi yorilib ketgan) va yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Zarba natijasida Joshuaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Sayna Gami va uning shaxsiy murabbiyi Latif Ayodele o‘tirgan mashinaning o‘ng yarmi qattiq shikastlangan va ikkalasi ham voqea joyida halok bo‘lgandi.

Kiritildi: 23:17 03.01.2026. O'qildi: 1816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!