AQSh kongressmenlari Donald Tramp ma’muriyatining Rossiyadan dizel yoqilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvini to‘xtatishga qaratilgan qonun loyihasini ilgari surdi. Bu haqda Vakillar palatasi Tashqi ishlar qo‘mitasi demokratlari xabar berdi.
Loyiha AQShning Xalqaro taraqqiyot moliya korporasiyasiga Rossiya energetika sohasiga sarmoya kiritishni taqiqlash, shuningdek, avval berilgan lisenziyalarni bekor qilish va yangilarini berishni taqiqlashni nazarda tutadi.
Hujjatda Tramp ma’muriyatidan Rossiya energetika sohasiga nisbatan sanksiyalar joriy etish ham talab qilingan.