Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya harbiylari Xersonga sakkizta aviabomba tashladi

Rossiya harbiylari Xersonga sakkizta aviabomba tashladi

Hujum oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi. Bu haqda Xerson ma’muriyati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shanba kuni ertalab Rossiya harbiylari bir soat ichida shaharga ikki marta zarba bergan. Oqibatda Korabelniy tumanidagi turar joylar va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari zarar ko‘rgan.

Ikkinchi zarba yaradorlarga yordam berish uchun tez yordam xodimlari kelgan paytda berilgan. Tez yordam haydovchisi halok bo‘lgan, tibbiyot xodimi esa yaralangan.

Jabrlanganlar orasida bir oylik chaqaloq va 11 yoshli bola ham bor.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!