Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron Saudiya Arabistoniga zarbalar berishda husiylarga yordam bermoqda

Eron Saudiya Arabistoniga zarbalar berishda husiylarga yordam bermoqda

Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Saudiya Arabistoni razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron husiylarga razvedka ma’lumotlarini taqdim etmoqda, raketa va dronlarni nishonga yo‘naltirishga yordam bermoqda hamda jangchilarni tayyorlamoqda.

Iyul oyida Eron Yamanga ziyoratchilar va delegatlar olib ketayotgani aytilgan ikkita samolyot yuborgan. Manbalarga ko‘ra, samolyotlarda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ofiserlari va qurol-yarog‘ qismlari ham bo‘lgan.

Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar ikkinchi reysni to‘xtatishga urinib, Sana aeroportiga zarba bergan. Bu esa mojaroning yanada keskinlashishiga olib kelgan.

Kiritildi: 17:45 17.10.2026. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!