Endi Byornhem bugun rasman Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egalladi. Bukingem saroyidagi uchrashuvda qirol Charlz III Leyboristlar partiyasi yetakchisiga yangi hukumatni shakllantirishni topshirdi. Byornem taklifni qabul qildi va yaqin orada Vazirlar Mahkamasi tarkibini e’lon qilishi kerak.
Byornhem ushbu lavozimda avvalroq qirolga rasman iste’foga chiqish haqida ariza topshirgan va Dauning-stritdagi qarorgohni tark etgan Kir Starmerning o‘rnini egalladi. Yangi bosh vazir ilgari Buyuk Britaniyani rivojlantirishning o‘n yillik rejasini e’lon qilib, mamlakatda to‘planib qolgan muammolarni "bir kechada hal qilib bo‘lmasligini" ta’kidlagan edi.
To‘qqiz yil davomida Katta Manchester mintaqasi meri lavozimida ishlagan Byornhem Britaniya parlamentiga bor-yo‘g‘i bir oy oldin qaytgan edi. Ilgari u, shuningdek, sog‘liqni saqlash vaziri va madaniyat vaziri lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.