Ukraina dronlari 10 avgust tongida Nijnekamsk shahriga hujum qildi. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘lib, 39 kishi yaralanganini ma’lum qilgan.
Tatariston rasmiylarining qo‘shimcha qilishicha, halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham bor.
Rossiya tomoni hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston TIV vakili ham halok bo‘lganlar orasida vatandoshlarimiz borligini tasdiqladi. Hozirda ularning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Vatandoshlarimizning yaqinlariga sabr tilaymiz.