Germaniyaning Saksoniya shtatidagi Elba daryosida uzoq davom etgan qurg‘oqchilik tufayli hosilning nobud bo‘lish xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim suv sathining tarixiy belgilari - "ochlik toshlari" deb nomlangan toshlar fosh bo‘ldi.
Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.
Pirna shahri yaqinidagi Elbada o‘yilgan birinchi tosh paydo bo‘ldi. Unda 1707 yilga oid 20 dan ortiq xarf mavjud. Bunday belgilar daryolar va suv omborlarida xavfli darajada past suv sathini ko‘rsatish uchun ishlatilgan.
Ba’zi joylarda Pirna yaqinidagi Elba daryosining suv sathi 1 metrdan pastga tushgan, Drezdenda esa 54 sm.
Germaniya ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda Saksoniyada alohida momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ammo yog‘ingarchilik holatida sezilarli yaxshilanish kutilmaydi.