Bu haqda ABC News xabar bremoqda.
Kamerun prezidenti Pol Biya, dunyodagi amaldagi eng keksa davlat rahbari, ikki oydan beri mamlakat tashqarisida bo‘lib turibdi. Bu esa uning sog‘lig‘i haqida savollarni paydo qildi.
93 yoshli Biya 1982 yildan beri Kamerunni boshqarib kelmoqda. U 7 iyun kuni mamlakatni tark etgan va o‘sha paytda uning ofisida prezident Yevropaga «qisqa xususiy tashrif» bilan ketgani aytilgan. Biroq safar cho‘zilib ketib, davlat rahbarining xorijdagi eng uzoq muddatli yo‘qolishlaridan biriga aylandi. Nashrga ko‘ra, Biyaning sog‘lig‘i ko‘p yillardan beri turli taxminlarga sabab bo‘lib keladi. Prezident muntazam ravishda Yevropada, xususan Fransiya va Shveysariyada uzoq vaqt bo‘ladi, Kamerundagi boshqaruv vazifalarining bir qismini esa amalda uning partiyasi va oila a’zolari vakillari bajaradi.