Tayvan Xitoyning hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda,
Taypey XXR rejimi, xususan, uning amaldagi rahbari ertami-kechmi bostirib kirishga urinib ko‘rishiga shubha qilmaydi. Buning uchun Tayvandagi siyosatchilar, razvedkachilar, harbiylar, biznesmenlar va hatto piarchilar Ukrainaning Rossiya tajovuziga ko‘rsatayotgan qarshiligini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Xuddi Pekin kabi. Zero, Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi 1979 yilgi Vetnam bilan bo‘lgan qisqa muddatli urushdan beri harbiy harakatlarda qatnashmagan.
Xitoy floti Tayvan atrofidagi suvlarda muntazam ravishda jangovar otishmalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda. Xitoy Harbiy-havo kuchlari orol atrofida tez-tez provokasion parvozlar uyushtiradi, uning maxsus topshiriqli kuchlari esa Taypeydagi prezident ofisi maketini egallashni namoyishkorona mashq qilmoqda.
Biroq Tayvan ekspertlari va davlat mulozimlarining aksariyati Si Jinpin 2027-2028 yillarda Tayvan bo‘g‘ozidan o‘tishga buyruq beradi deb hisoblamaydi. Buning uchun Pekinda hozircha yetarli darajada tayyorlangan dengiz piyodalari ham, desant kemalari yoki ballistik raketalar ham yetarli emas. Hujum qilinishi mumkin bo‘lgan sana sifatida ko‘proq 2032-2035 yillar tilga olinmoqda.