Pokiston mudofaa vaziri Asif Islom davlatlari Isroilga qarshi harakatlarni muvofiqlashtirib, umumiy yondashuv ishlab chiqishi kerakligini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, Isroil barcha Islom davlatlari uchun tahdid hisoblanadi va shu sababli ular umumiy xavfga qarshi birlashishi zarur.
Asifning bayonoti Pokiston, Saudiya Arabistoni va Turkiya o‘rtasida qo‘shma mudofaa kelishuvi imzolanganidan so‘ng yangradi.
Vazir ushbu 3 tomonlama mexanizm kelajakda Islom davlatlarining kengroq birlashuvi uchun platforma bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.