Endi bitta yengil avtomobilga o‘nlab bolani sig‘dirib, ularni bog‘chaga tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilarga nisbatan keskin choralar qo‘llanishi mumkin.
Xususan, transport vositasida belgilangan me’yordan ortiq yo‘lovchi tashish, ayniqsa voyaga yetmagan bolalarning hayoti va xavfsizligini xavf ostiga qo‘yish holatlari uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilish chorasi qo‘llanilishi mumkinligi bildirilmoqda.
Mas’ullar ota-onalar va haydovchilarni bolalarni tashishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.