OFK Elit Chempionlar Ligasida G‘arb mintaqasida umumiy bosqich yakunlanib, 1/8 finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi.
12 jamoa orasida 8-o‘rinni egallab pley-offga chiqqan Toshkentning «Paxtakor» klubi nimchorakfinalda Saudiya chempioni, umumiy bosqichda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan «Al Hilol» bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.
Elit OCHL. G‘arb mintaqasi
1/8 final juftliklari
«Paxtakor» (O‘zbekiston) — «Al Hilol» (Saudiya)
«Ar Rayyan» (Qatar) — «Al Ahli» (Saudiya)
«Istiqlol» (Eron) — «An Nasr» (Saudiya)
«Al Vasl» (BAA) — «As Sadd» (Qatar)
Birinchi o‘yinlar 3-4 mart, javob bellashuvlari 10-11 mart kunlari o‘tkaziladi. Chorakfinalga yo‘l olgan jamoalar uchun turnir Saudiya Arabistonida markazlashgan tarzda davom etadi.