Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Eldor Shomurodovning "Roma"dagi yangi ustozi kim bo‘lishi deyarli aniq bo‘ldi

Eldor Shomurodovning "Roma"dagi yangi ustozi kim bo‘lishi deyarli aniq bo‘ldi

Jan-Pyero Gasperini "Roma" bosh murabbiyisha aylanadi.

"Atalanta"ni tark etgan mutaxassis bugun "Yuventus"ning bo‘lajak sport direktori Damyen Komolli bilan suhbatlashgan va turinliklar bosh murabbiyi bo‘lish fikridan voz kechgan.

Gasperini uzoq vaqt mobaynida "Yuventus" va "Roma"dan birini tanlashi kerak bo‘lgan va u Rim jamoasini tanlagan. Bu ma’lumotni Fabrisio Romano ham tasdiqlagan. Murabbiyning rimliklar bilan muzokaralari ancha yaxshi o‘tmoqda. Klub rahbariyati bilan uchrashuv orqali u o‘zini "Roma" uchun kerakli inson sifatida his qilgan.

Qayd etish kerak, "Roma"da hamyurtimiz, O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov faoliyat olib bormoqda.

Kiritildi: 11:59 31.05.2025. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!