Evropa Ittifoqining barcha 27 ta davlatida bolalar tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha cheklovlar tayyorlanmoqda — Reuters.
Agentlikning xabar berishicha, 13 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan faqat cheklangan vaqt davomida hamda ota-onalar, vasiylar yoki o‘qituvchilar nazorati ostida foydalanishga ruxsat berilishi mumkin. Bolalar ulg‘aygani sari cheklovlarni asta-sekin yumshatish rejalashtirilgan.
Evrokomissiya mazkur masala yuzasidan tez orada aniq taklifni taqdim etishi rejalashtirilgan.