Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

EI Rossiyadan gazni quvur orqali yetkazib berishga nisbatan taqiqni kuchga kiritdi

EI Rossiyadan gazni quvur orqali yetkazib berishga nisbatan taqiqni kuchga kiritdi

​Evropa Ittifoqida 17 iyun kuni bir yildan ko‘proq vaqt oldin tuzilgan qisqa muddatli shartnomalar bo‘yicha Rossiyadan gazni quvur orqali yetkazib berishga taqiq kuchga kirmoqda.

​Ushbu qaror YEIning Rossiyadan xomashyo importini taqiqlash bo‘yicha birinchi bosqichidir.

​Eslatib o‘tamiz, 25 apreldan boshlab Rossiya suyultirilgan tabiiy gazini 2025 yil 17 iyungacha rasmiylashtirilgan qisqa muddatli kelishuvlar asosida sotib olishga taqiq amal qila boshlagan edi.

Uzoq muddatli shartnomalar uchun cheklovlar 2027 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Keyinchalik, 30 sentyabrda (va 1 noyabrdan kechiktirmay) xuddi shunday taqiq gazni quvur orqali uzoq muddatli yetkazib berishga nisbatan ham joriy etiladi.

Kiritildi: 12:33 17.06.2026. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!