"Rossiyskaya gazeta" xabariga ko‘ra, tegishli mexanizm Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida e’lon qilindi. Yangi qoidalar Yevropa mamlakatlari tomonidan hibsga olingan tankerlardagi neftni keyinchalik sotish va tashish uchun sanksiyalardan chiqarish imkonini beradi.
Hujjat, shuningdek, olib qo‘yilgan neftni YEI hududida vaqtincha saqlash va uni birlashmaning bojxona hududiga joylashtirishga ruxsat beradi. Nashrning ta’kidlashicha, sanksiyalarning 21-paketi qabul qilingunga qadar amaldagi embargo musodara qilingan yukni foydani uning egasiga topshirmasdan realizasiya qilishga yo‘l qo‘ymas edi.
Kelgusida yangi mexanizm Rossiya eksportining boshqa tovarlariga, xususan g‘allaga ham tatbiq etilishi kutilmoqda.