Evropa Komissiyasi rahbari YEI hududida 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash rejasini ma’lum qildi.
«13 yoshgacha — hech qanday ijtimoiy tarmoqlar. 15 yoshgacha — hech qanday shaxsiy akkauntlar», — dedi Strasburgda Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen. Tegishli qonun loyihasi 17 sentyabr kuni taqdim etilishi kerak.
Qonun bolalarni internetda himoya qilishga yoshga qarab bosqichma-bosqich yondashuvni nazarda tutadi. Masalan, 13 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar vaqt bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilgan, ular uchun moslashtirilgan ijtimoiy tarmoq akkauntlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bunday akkauntlar ota-onalar tomonidan yaratilishi va nazorat qilinishi kerak.
15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun platformalar o‘z xizmatlarida xavfsiz dizaynni ta’minlashi shart bo‘ladi. Bunda bolalar uchun xavfsizlikni ta’minlash majburiyatini isbotlash texnologik kompaniyalar zimmasiga yuklatiladi.
«Bolalarning bolaligi tortib olinyapti», — dedi fon der Lyayen. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarga o‘z his-tuyg‘ularini anglash, mustaqil qarorlar qabul qilish va hatto shunchaki zerikish uchun ham vaqt kerak.
«Ammo agar bolaning smartfoni bo‘lsa, u bularning barchasidan mahrum bo‘ladi», — dedi u.