Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

“Edinaya Rossiya” partiyasi Rossiya Davlat dumasida 355 ta o‘ringa ega bo‘ladi

“Edinaya Rossiya” partiyasi Rossiya Davlat dumasida 355 ta o‘ringa ega bo‘ladi

Saylovlarning dastlabki natijalarini Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) rahbari Ella Pamfilova ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, KPRF 40 ta, LDPR — 25 ta, “Novie lyudi” — 20 ta, “Spravedlivaya Rossiya” esa 4 ta o‘ringa ega bo‘ladi (agar u besh foizlik to‘siqdan o‘ta olsa).

Byulletenlarning 95,16 foizi qayta ishlanganidan so‘ng, “Edinaya Rossiya” 57,83%, KPRF — 13,81%, LDPR — 8,98%, “Novie lyudi” — 7,96% ovoz to‘plamoqda.

“Spravedlivaya Rossiya” 4,96% ovoz to‘pladi va hozircha besh foizlik to‘siqdan o‘ta olmadi. Pamfilova ushbu partiyada "hali imkoniyat bor"ligini ta’kidladi.

Rossiya Davlat Dumasi saylovlarida ishtirok etish ko‘rsatkichi (davomat) 59,32 foizni tashkil etdi. Saylovning yakuniy natijalari 25 sentyabr kuni e’lon qilinadi.

Kiritildi: 21:55 21.09.2026. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!