Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

ECHLning ushbu mavsumida eng ko‘p daromad topgan klublar: «Bavariya» — yetakchi, «PSJ» ikkinchi o‘rinda

ECHLning ushbu mavsumida eng ko‘p daromad topgan klublar: «Bavariya» — yetakchi, «PSJ» ikkinchi o‘rinda

«Bavariya» joriy mavsumgi Yevropa Chempionlar Ligasida eng ko‘p daromad qilgan jamoa bo‘ldi. Myunxen klubi 106 mln yevro ishlab topib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha barcha ishtirokchilar orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rinda «PSJ» joy olgan bo‘lib, fransuzlar 104,4 mln yevro daromad qildi. Top-3 ni «Inter» yakunlab, 103,1 mln yevro ishlab topdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri Football Meets Data manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

ECHLning joriy mavsumida eng ko‘p daromad topgan 7 jamoa:

1. «Bavariya» — €106 mln
2. «PSJ» — €104,4 mln
3. «Inter» — €103,1 mln
4. «Borussiya Dortmund» — €102,2 mln
5. «Arsenal» — €102 mln
6. «Barselona» — €101 mln
7. «Real Madrid» — €101 mln

Shuningdek, musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 2,47 mlrd yevroni tashkil qilishi va u 36 jamoa o‘rtasida taqsimlanishi ta’kidlangan.

Kiritildi: 05:07 15.03.2025. O'qildi: 445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!