"Manchester Siti" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-turida "Budyo-Glimt" mehmoni bo‘lib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Birinchi bo‘limda mehmonlar ikki daqiqa ichida ikkita gol o‘tkazib yuborishdi, Kasper Xeg 22 va 24-daqiqalarda dubl qayd etdi. "Milan"ning sobiq futbolchisi Yens Xauge 58-daqiqada hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
60-daqiqada "shaharliklar" Rayan Sherkining goli evaziga oradagi farqni bittaga qisqartirishdi, ammo ikki daqiqadan bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Rodri ikkita sariq kartochka oldi.
Ingliz klubi safida hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
"Manchester Siti" (13 ochko) turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. "Budyo-Glimt" (6 ochko) umumiy bosqichdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritib, 26-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Norvegiya klubi keyingi turda 28 yanvar kuni "Atletiko" mehmoni bo‘ladi. Xosep Gvardiola jamoasi shu kuni Manchesterda "Galatasaroy"ni qabul qiladi.
Budyo-Glimt - Manchester Siti - 3:1
Gollar: Xeg, 22 (1:0). Xeg, 24 (2:0). Xauge, 58 (3:0). Sherki, 60 (3:1)
Budyo-Glimt: Xaykin, Byerkan, Gundersen, Byertuft, Syevold, Fet (Myayattya, 82), Berg, Evyen (Saltnes, 76), Xauge, Xeg (Xelmersen, 76), Blomberg (Euklenn, 76)
Manchester Siti: Donnarumma, Ait Nuri, Alleyn, Abduqodir Husanov, Lyuis, O`Rayli, Rodri, Reynders, Sherki, Xoland, Foden (Marmush, 70)
Ogohlantirishlar: Rodri, 61. Sherki, 90
Chetlatish: Rodri, 62 (ikkinchi sariq kartochka)