Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

EA Sports FC 26 simulyatori Abduqodir Husanovga qanday reyting ball qo‘ydi?

EA Sports FC 26 simulyatori Abduqodir Husanovga qanday reyting ball qo‘ydi?

«Manchester Siti» futbolchilari EA Sports FC 26 simulyatorining yangi versiyasidagi reytinglari taqdim etilgan ko‘ngilochar videorolikda ishtirok etdi.

Hujumkor yarim himoyachi Bernardu Silva umumiy 84 reytingni oldi va o‘z tezligi himoyachi Ruben Diashnikidan yuqori ekanini ta’kidladi.

Jeremi Doku 80 ball bilan baholandi va jamoaning eng tezkor futbolchisi sifatida tan olindi: uning tezligi — 91, dribling ko‘rsatkichi esa — 87. Futbolchi bu ko‘rsatkichdan ham yuqoriroq driblingni ko‘rishni xohlaganini aytdi.

Hujumchi Erling Xoland 90 reytingga ega bo‘ldi, unda tezlik 71 etib belgilangan. U hazil tariqasida o‘zini 91 bilan baholash mumkinligini bildirdi.

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov umumiy 77 reytingni oldi. Uning tezligi 85, himoya ko‘rsatkichi esa 77 bo‘ldi. Futbolchi bu natijalardan mamnunligini bildirdi.

Himoyachi pozisiyasida Husanovning raqobatdoshi hisoblangan yarim himoyachi Mateush Nunesh 79 ball bilan baholandi: uning tezligi ham 85, ammo himoya ko‘rsatkichi 73 bo‘ldi. Yana bir nomzod Riko Lyuis esa umumiy 77 reytingga ega bo‘ldi.

Kiritildi: 19:49 30.09.2025. O'qildi: 1258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!