Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

DXX: Xorazmda "mehnat staji qilib beruvchi" mutaxassis ushlandi

DXX: Xorazmda "mehnat staji qilib beruvchi" mutaxassis ushlandi

Gurlan tumanidagi “Soliq servis” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi o‘z mavqeidan foydalangan holda soliq idoralaridagi tanishlari orqali 2 nafar mahalliy fuqaroga ular muqaddam hech qayerda ishlamagan bo‘lsalar-da, 2025 yil yanvar oyidan iyun oyiga qadar bo‘lgan davrda ularga ish haqi hisoblab, bu haqida ma’lumotnoma rasmiylashtirib berishini aytadi.

DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mutaxassis o‘z xizmati evaziga 12 mln 500 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:24 11.08.2025. O'qildi: 1149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!