“Ukrainada ancha vaqtdan beri saylov o‘tkazilmadi. Ular urushni saylov o‘tkazmaslik uchun niqob qilib olgan. Fikrimcha, ukrainaliklarga bu imkoniyatni berish lozim. Balki, saylovda yana Zelenskiy g‘alaba qozonar. Kim yutishini bilmayman. Ular odatda demokratiya haqida gapiradi, lekin amalda unday emas”, degan AQSh prezidenti.
Bu chaqiriqqa Yevrokomissiya rasmiy vakili Anita Hipper shunday fikr bildirdi.
"Ukrainada prezidentlik saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risida qarorni ukrain xalqi qabul qilishi kerak".