Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Gazeta manbalarining ma’lum qilishicha, halokatga uchragan An-22 50 yildan ortiq vaqt davomida foydalanilgan va texnik nosozlik sabab qulagan bo‘lishi mumkin.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot havodaligidayoq parchalana boshlagan, uning bo‘laklari Ivanovo viloyatidagi suv omboriga qulagan. Samolyot bortidagi yetti kishi (besh nafar ekipaj a’zosi va ikki yo‘lovchi) halok bo‘lgan.
“Kommersant” manbalariga ko‘ra, bu samolyot Rossiyada foydalanishda bo‘lgan An-22 samolyotlarining oxirgisi edi.