Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Dvalishvili hibsdan ozod etilganidan keyin ilk bor munosabat bildirdi

Dvalishvili hibsdan ozod etilganidan keyin ilk bor munosabat bildirdi

UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili Usman Nurmagomedov va uning jamoadoshlari bilan yuz bergan janjal sabab hibsga olinganidan keyin ozodlikka chiqdi.

U bu haqda ilk bor fikr bildirdi.

"Barchaga shuni ma’lum qilmoqchimanki, men ozodlikka chiqdim. Holatim yaxshi, sog‘lomman va faoliyatimni davom ettirishga tayyorman.

Ushbu masalani hal qilishda yordam bergan Abu-Dabidagi barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men Abu-Dabiga kelishni yaxshi ko‘raman va bu yerda meni iliq kutib olishlaridan xursandman.

Ularning barchasini ozod qilishlariga juda umid qilaman — men hech kimga nisbatan ayblov qo‘ymadim. Barchaga tinchlik va eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Mehringiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat", — deb yozdi Dvalishvili X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kiritildi: 18:24 14.11.2026. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik