Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Dunyodagi eng xavfli kitob: uni varaqlash — o‘lim!

Dunyodagi eng xavfli kitob: uni varaqlash — o‘lim!

Bu kitobni varaqlash o‘lim bilan teng. U qo‘rqinchli afsunlari bilan emas, aksincha, u odam terisiga zarari va xavfliligi bilan ajralib turadi. Bu kitobda hech qanday yozuv yo‘q. Gap shundaki, har bitta sahifasiga o‘limga olib boradigan margamush qo‘shilgan.

Kitob o‘z nomi bilan «Teni Sten o‘limi» deb nomlanadi. Bu kitob 86 betdan iborat bo‘lib, unda 150 yillik namunalar mavjud. Kitobni Robert Kedzi kashf qilgan — XIX asrning oxirlarida maishiy qog‘ozni zaharlash bilan shug‘ullangan. U davrda qog‘ozlarga sintetik bo‘yovchi moddalar aralashtirilgan, xususan, tarkibida margimush moddasi qo‘shilgan. 1879 yildan 1883 yilgacha 60 foiz amerikaliklar uylarida margimush qo‘shilgan bo‘yoqli gulqog‘ozlardan foydalanishgan. Gap shundaki, gulqog‘ozdagi bo‘yoqning asosi margimushdan bo‘lishiga qaramay, chiroyli, yashil, tiniq rang bergan va u bozorlarda ancha arzon sotilgan. Zaharli bo‘yoq qo‘shilgan gulqog‘oz oson yuvilgan va undan mayda ko‘rinishdagi chang ko‘tarilib, ovqatga va boshqa narsalarga ham tushgan. Margimush bilan zaharlanish oson bo‘lgan.

Bunga misol tariqasida bir yosh oilani keltirish mumkin. Bu oila yangi uyga ko‘chib keladi. Uyni ta’mirlash jarayonida bolalar xonasiga yorqin yashil rangli gulqog‘ozdan yopishtirishadi. Bu 9 yoshli Emmaning xonasi edi. Qanchadir vaqt oralig‘ida qizda o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Unda bosh og‘rig‘i kuzatiladi, tanasiga har xil toshmalar toshadi va kun sayin so‘lib boradi. Har safar Emma davolanishga ketgan vaqtida ahvoli yaxshilanardi. Uyga qaytganida esa ahvoli yana avvalgi holiga qaytardi. Bir kuni Robert Kedzi uydagi gulqog‘ozdan namuna olib, laboratoriyada tekshirib ko‘radi. Tekshiruvlar natijasida xonadagi gulqog‘ozda judayam yuqori darajada margimush moddasi borligi aniqlanadi. Uy egalari gulqog‘ozni o‘sha paytning o‘zidayoq olib tashlashadi. Emma esa asta-sekin tuzala boshlaydi.

Hozirda «Teni Sten o‘limi» kitobining ikkita nusxasi mavjud. Ulardan biri Michigan universitetining kutubxonasida saqlanadi. Kitob kutubxonaning alohida kolleksiyasidan o‘rin olgan va uni zichlangan idishda saqlashadi. Qo‘shimcha qilganda uning har bir varag‘iga margimushdan zaharlanmaslik uchun alohida ishlov berilgan. Shunday bo‘lsa-da, kitobni qalin rezinali qo‘lqopni kiygan holda o‘qish lozim.

XIX asrning oxirlarida AQShda margimushni nafaqat gulqog‘ozlarda, balki bolalar o‘yinchoqlarida va konsert chiptalarida ham ishlatishgan. Undan hattoki kosmetikada va shirinliklarni o‘rashda ham foydalanishgan.

 

Kiritildi: 07:08 12.05.2018. O'qildi: 11616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!