Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, vatandoshlar I.X., I.G. va uning voyaga yetmagan farzandi I.M. 2024 yil 22 dekabr kuni yaqin qarindoshining taklifi bilan BAAga kelgan va Dubay shahrida ijara uyga joylashgan. O‘tgan vaqt mobaynida ular BAAda bo‘lish uchun viza rasmiylashtirmasdan noqonuniy yashab kelgan.

Mehmonlarni BAA taklif qilgan shaxs 23 fevral kuni Qatarga chiqib ketayotganligini aytib, aloqani uzgan. Mart oyi boshida xonadon egasi ijara pulini to‘lash kerakligini, agar ijara puli to‘lanmasa xonadonni tark etishni talab qilib, vatandoshlarni ko‘chaga haydagan.

Ayollar bilan suhbat davomida ularning turar uy-joy, oziq-ovqat va vatanga qaytish uchun mablag‘lari yo‘qligi oydinlashdi.

Bosh konsulxona xodimlari Amirliklardagi "Ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish markazi" xayriya tashkiloti va faol vatandoshlarimiz bilan birgalikda yordamga muhtoj yurtdoshlarimizga barcha zarur ko‘mak ko‘rsatishdi.

Ularning BAAda noqonuniy yashab kelgan muddatda hisoblangan 2 ming 178 AQSh dollari miqdoridagi qarzdorlik ushbu mamlakatning tegishli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ijobiy hal qilindi.

Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining BAAdagi vakolatxonasi esa ularning oilasi bag‘riga qaytishi uchun "Dubay-Toshkent" havo qatnoviga hech qanday to‘lovlarsiz chipta rasmiylashtirib berdi.

Kiritildi: 11:22 26.03.2025. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!