Ma’lum qilinishicha DarGlobal kompaniyasi va AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli Tramp Organization Dubayda yangi ulkan loyiha — osmono‘par bino qurilishini boshlaganini e’lon qildi.
Ushbu inshoot Tramp International Hotel & Tower brendi ostida barpo etiladi va Yaqin Sharqda Tramp nomi bilan qurilayotgan birinchi turar-joy hamda mehmonxona majmuasi bo‘ladi. Loyiha mintaqaning uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishiga ishonch ramzi sifatida taqdim etilmoqda.
Bino Dubayning markaziy — Shayx Zayed shossesi bo‘yida joylashadi. Balandligi 350 metr bo‘lgan inshoot dunyodagi eng baland ochiq suzish havzasiga ega bo‘lishi bilan ham e’tiborni tortmoqda.
Qurilish ishlari 2031 yil dekabr oyida tugatilishi rejalashtirilgan.