AQSh prezidenti Donald Tramp Nobel tinchlik mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilishi mumkin, deb yozmoqda Reuters agentligi.
«2026 yilgi Nobel tinchlik mukofotiga soiskant sifatida taxminan 287 nafar nomzod ko‘rib chiqiladi... Nomzodlar orasida AQSh prezidenti Donald Tramp ham bo‘lishi ehtimoli yuqori», — deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, ushbu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Agentlikning eslatishicha, avvalroq Kambodja, Isroil va Pokiston yetakchilari Tramp nomzodini ilgari surganliklarini ma’lum qilishgan edi.