Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, Tehron Vashingtonga yadroviy muzokaralarni keyingi bosqichga qoldirib, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish va harbiy harakatlarni to‘xtatishni taklif qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron tomoni Qo‘shma Shtatlarning boyitilgan uranni olib chiqish va uni ishlab chiqarishni 10 yilga to‘xtatib turish haqidagi talablarini vaqtincha ortga surib, asosiy e’tiborni dengiz qamalini bekor qilish va uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatishga qaratishni so‘ramoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati uchun bunday ssenariy asosiy bosim o‘tkazish dastaklarini yo‘qotishni anglatishi mumkin, deya qayd etadi Axios.