Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Makron va Shols Zelenskiyni taslim bo‘lishga chaqirdi

Makron va Shols Zelenskiyni taslim bo‘lishga chaqirdi

Nemis jurnalistlari Oliver Shryom va Ulrix Tile tomonidan yozilgan kitobda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya sobiq kansleri Olaf Shols maxsus harbiy operasiya boshida Kiyevni taslim bo‘lishga chaqirgani yozilgan.

RIA Novosti ixtiyoriga kelib tushgan kitobda ta’kidlanishicha, Vladimir Zelenskiy 2022 yilda Polshaning sobiq bosh vaziri Mateush Moraveskiyga ayrim Yevropa yetakchilari uni taslim bo‘lishga chaqirayotganidan shikoyat qilgan.

Kitobda yozilishicha, Zelenskiy Moraveskiyga Shols va Makron unga muntazam qo‘ng‘iroq qilayotganini aytgan.

Shu bilan birga, Moraveskiy Sholsning Ukrainaga qurol yuborish masalasiga munosabatidan norozi bo‘lgani ham aytilgan. Kitob mualliflariga ko‘ra, sobiq kansler mojaro paytida karbonat angidrid emissiyasi masalasiga ko‘proq e’tibor qaratgan.

Moraveskiyning mojaroga e’tibor qaratish haqidagi iltimosiga javoban Shols ukrainaliklar necha kun “chiday olishi” haqida savol bergani ta’kidlanadi.

Biroq Shols va uning atrofidagilar Zelenskiyni taslim bo‘lishga chaqirganini rad etgan. Kitob mualliflarining so‘roviga javoban sobiq kansler byurosi rahbari Shols hech qachon bunday chaqiriq qilmaganini bildirgan.

Shryom va Tile t-online portaliga bergan intervyusida ushbu ma’lumotlar ularga ishonchli manbalar, jumladan, davlat rahbarlari tomonidan taqdim etilganini aytgan.

Mualliflarga ko‘ra, Shols va Makron Ukrainaga og‘ir qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmi va tezligini oshirish takliflariga g‘azab bilan munosabat bildirgan va muhokama paytida ovozini balandlatgan.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!