Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Dolzarb bir oylik safarbarligi e’lon qilindi

Dolzarb bir oylik safarbarligi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 11 martdan boshlab “dolzarb bir oylik”safarbarligi e’lon qilindi.

Oylik doirasida:

  • mahallalarda 29 mingta kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish, zarur qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni;
  • aholi xonadonlariga 1,23 million bosh parranda, 24 ming oila asalari va 21 ming bosh quy-echki va qoramol yetkazib beriladi;
  • 400 ming gektar aholi tomorqalarida hamda 180 ming gektar ijara yer maydonlarida sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va boshqa serdaromad ekinlar ekiladi.

Vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga hudud, tuman va shaharlarga biriktiriladi.

  • Shuningdek, «Bir mahalla - bir mahsulot” hamda ijara yerlarida «Bir kontur - bir mahsulot” tamoyili asosida serdaromad ekinlar ekilish tashkil etiladi;
  • "Yashil makon" loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekiladi va kambag‘al oilalarga mevali daraxtlar ko‘chatlarini yetkazib beriladi;
  • Mahallalarda mini-traktor va motokultivatorlardan foydalanib, aholi tomorqalariga ekish ishlarini tashkil etiladi;
  • Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 874 ta mahallada sug‘orish tizimini yaratishni Navro‘z umumxalq bayramiga qadar yakunlanadi;
  • Kambag‘al oilalarga moliyaviy ko‘mak paketlari (issiqxonalar, parranda, baliq, chorva mollari, asalarichilik uskunalari va ekish materiallari) yetkazib beriladi;
  • Aholi daromadlarini oshirish maqsadida mikroloyihalar amalga oshiriladi;

Kambag‘al oilalar farzandlarini kasb-hunarga o‘qitish va davolanishlariga yordam beriladi.

Kiritildi: 03:32 12.03.2025. O'qildi: 2634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!