Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Dmitriy Bivolning keyingi raqibi tasdiqlandi

Dmitriy Bivolning keyingi raqibi tasdiqlandi

Xalqaro boks federasiyasi (IBF) 79,4 kg da chempionlik jangini rasman tasdiqladi. Endi rossiyalik Dmitriy Bivol nemis bokschisi Mixael Ayfertga qarshi ringga ko‘tariladi, deya xabar beryapti "Boxing Scene" nashri.

Qayd etilishicha, IBF bu qarorni ikkinchi bor qabul qilmoqda. Dastlab mazkur bahs 2025 yil oxiriga belgilangan edi, biroq Bivol bel qismidagi operasiyadan keyingi tiklanish jarayoni sabab tibbiy kechiktirish olgan.

Ma’lumot uchun, Mixael 2018 yilda professional boksdagi faoliyatini boshlagan. Nemis bokschisining eng muhim g‘alabalaridan biri — sobiq jahon chempioni, kanadalik Jan Paskalga qarshi qo‘lga kiritilgan.

Kiritildi: 23:47 20.01.2026. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!