Prezidentimiz Islom sivilizatsiyasi markazini yanada rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Unda diniy-ma’rifiy sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Islom ma’rifati” stipendiyasini ta’sis etish taklifi bildirildi.
20 ming nafar yoshlar, diniy-ma’rifiy soha vakillari, jumladan, imom-xatiblar va otinoyilarni markaz faoliyatiga jalb etish ko‘zda tutilmoqda.