O‘tgan tunda Ukraina Sevastopol shahridagi muzeyga dron bilan zarba berdi.
Ushbu qasddan berilgan zarba oqibatida 4-toifali yong‘in sodir bo‘ldi va u "Sevastopol mudofaasi 1854-1855" panoramasi jiddiy zarar yetkazdi, dedi gubernator Mixail Razvojayev.
Ushbu panorama 1904 yilda Frans Rubo tomonidan yaratilgan. Unda 19 asr o‘rtalarida sodir bo‘lgan jang aks etgan. Panorama o‘lchami 115x14 metrni tashkil qiladi. U Sevastopol muzeyining asosiy durdonasi hisoblanar edi.
So‘nggi bor ushbu panorama Ulug‘ Vatan urushi yillarida nemis fashistlari zarbasidan qisman zarar ko‘rgan va qayta tiklangan edi.