Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Barselona» Bernardu Silvaning bayonotidan hayratda

«Barselona» Bernardu Silvaning bayonotidan hayratda

«Manchester Siti» sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silvaning kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda. Yaqinda portugaliyalik futbolchi «Barselona»ga o‘tish variantini ko‘rib chiqayotganini, ammo hali yakuniy qarorga kelmaganini tan olgan edi.

Jurnalist Aleks Pintanel xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi yarim himoyachining bunday ommaviy bayonotidan hayratda qolgan, chunki u bilan allaqachon ikki yillik shartnoma shartlari kelishib qo‘yilgan edi. Biroq bosh murabbiy Xans-Diter Flik «shaharliklar» sobiq sardorini sotib olishni jamoa uchun ustuvor vazifa deb hisoblamayapti. Germaniyalik mutaxassisning fikricha, jamoaning yarim himoya chizig‘i usiz ham yetarlicha kuchli shakllangan.

Shuningdek, Bernardu Silvaga Madridning «Atletiko» klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «matraschilar» 31 yoshli futbolchiga «ko‘k-anorranglilar»ga qaraganda ancha muhimroq va yetakchilik rolini taklif qilishmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:31. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!