«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya Superkubogi yarim finalidagi «Real»ga qarshi o‘yindagi xulq-atvori uchun madridliklar hujumchisi Vinisius Junior va klub prezidenti Florentino Peresdan uzr so‘radi. Ushbu bahsda «qaymoqranglar» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
«Men sodir bo‘lgan holat uchun janob Florentino Peres va janob Vinisiusdan uzr so‘ramoqchiman. Men noto‘g‘ri ish tutdim va buning noto‘g‘ri bo‘lganini tan olaman. G‘alaba qozongan jamoa keyingi bosqichga chiqishga loyiq — ular bunga haqli.
"Real" finalda durangga juda yaqin edi. “Barselona” juda yaxshi jamoa, ularning o‘yin uslubi ham juda yaxshi», — deya Simeone so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Ispaniya Superkubogi yarim finali davomida Simeone ikki bor «Real» vingeriga nisbatan provokasiya qilishga uringan. Musobaqa finalida esa «Qirollik klubi» «Barselona»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.