Saudiyaning «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi «TCR» akkaunti xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 41 yoshli yulduz markaziy hujumchi atrofidagi vaziyatni Amerikaning «Inter Mayami» klubi kuzatib bormoqda. Ushbu klub sharafini argentinalik hujumchi Lionel Messi ham himoya qiladi. Yulduzlar faoliyatining so‘nggi yillarida bir jamoada to‘p surishlari istisno etilmayapti.
Ronalduni taklif qilishdan Amerika klubi xo‘jayini Devid Bekxem shaxsan manfaatdor.
Portugaliyalik futbolchining «An-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. O‘yinchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil qiladi.