Ismatov Davron Raximjonovich Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Davron Ismatov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy – Toshkent moliya instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida tahsil olgan.
2024 yil fevral oyidan Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.