Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Davlatimiz rahbari “Eldridge Industries” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Davlatimiz rahbari “Eldridge Industries” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 oktyabr kuni “Eldridge Industries” kompaniyasi hammuassisi, raisi va bosh ijrochi direktori Todd Boelini qabul qildi.

Uchrashuvda AQShning mazkur yetakchi korporasiyasi bilan yirik kooperasiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimiz yetakchisi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xususan, tog‘-kon sanoati, metallurgiya, qurilish sohalaridagi sheriklikni kengaytirish hamda shahar infratuzilmasiga raqamli yechimlarni joriy etish nazarda tutilmoqda.

Muzokaralar yakunida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

“Eldridge Industries” aktivlarni boshqarish, sug‘urta, ko‘chmas mulk, infratuzilma, texnologiyalar, sport va media sohalarida faoliyat yurituvchi AQShning investisiyaviy xoldingidir. Boshqaruvida qiymati 75 milliard dollardan ziyod aktivlar mavjud.

Kiritildi: 19:00 23.10.2026. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!