Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Davlat yerini o‘zlashtirgan soxtakor 207 million so‘m uchun uchta mashinasidan ayrildi!

Davlat yerini o‘zlashtirgan soxtakor 207 million so‘m uchun uchta mashinasidan ayrildi!

O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va davlat manfaatlarini himoya qilishda Majburiy ijro byurosining o‘rni beqiyos. Yaqinda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida sodir bo‘lgan voqea buning yana bir yorqin isboti bo‘ldi.

Rishton tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudining 2024 yil 23 dekabrdagi qaroriga asosan, fuqaro T.O.davlat byudjetiga 207 057 580 so‘m miqdorida zarar yetkazgani uchun javobgarlikka tortilgan edi. Bu zararning asosiy sababi – T.O.ning davlat yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishi va buning uchun kadastr hujjatlarini soxtalashtirishi bo‘lgan.

Sud qarori asosidagi ijro hujjati MIB bo‘limiga kelib tushgach, davlat ijrochisi T.O.ga qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun qonuniy muddat berdi. Ammo qarzdor bu imkoniyatdan foydalanmadi va mablag‘ni to‘lamadi.

Shundan so‘ng, davlat ijrochilari qarzni undirish bo‘yicha qat’iy choralarga o‘tishdi. Tezkor so‘rovlar va tekshiruvlar natijasida, T.O.ning nomiga rasmiylashtirilgan ikkita "Cobalt" va bitta "VAZ 21063" rusumli avtomashinalari borligi aniqlandi!

Aniqlangan zahotiyoq, davlat ijrochisi tomonidan ushbu uchta avtomashina xatlandi.

Endilikda ular elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilib, sotuvdan tushgan mablag‘ davlat byudjetiga yetkazilgan zararni qoplashga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 14:12 28.05.2025. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!