Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan shaxs qutqarildi

Daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan shaxs qutqarildi

Ma’lum bo‘lishicha, otliq daryoning bir qirg‘og‘idan ikkinchi qirg‘og‘iga o‘tayotgan vaqtida otining oyog‘i toyib yiqilgan va daryoda oqib ketgan.

Kecha, 5 dekabr kuni 16:07 da Toshkent viloyati FVBga Chirchiq daryosining Qibray tumani «Qipchoq» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismining o‘rtasidagi orolchada fuqaro qolib ketgani va yordam zarurligi haqida xabar kelib tushdi, deya xabar beradi FVB.

Xabarga asosan, Chirchiq yong‘in-qutqaruv otryadidan qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv qayig‘i hamda maxsus anjomlar yordamida fuqaro daryodagi orolchadan sog‘-salomat xavfsiz joyga olib chiqilgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.



Kiritildi: 15:30 06.12.2024. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!