Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Darvozalarga 8 ta gol urilgan o‘yinda "Barselona" g‘alaba qozondi

Darvozalarga 8 ta gol urilgan o‘yinda "Barselona" g‘alaba qozondi

Ispaniya La Ligasining 15-turi doirasidagi «Betis» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. O‘yinda muxlislar 8 ta golga guvoh bo‘lishdi.

O‘yindagi birinchi golni «Betis» hujumchisi Antoni oltinchi daqiqada kiritdi. 11-daqiqada Ferran Torres hisobni tenglashtirdi, ikki daqiqa o‘tib esa u mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 31-daqiqada Runi Bardji mezbonlar darvozasiga uchinchi golni urdi. To‘qqiz daqiqadan so‘ng esa Ferran Torres xet-trikni rasmiylashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Lamin Yamal penaltidan unumli foydalanib, gol urdi. Mezbonlar 85-daqiqada Diyego Lyorentening goli evaziga hisobdagi farqni qisqartirdi, 90-daqiqada esa Kucho Ernandes mehmonlar darvozasiga uchinchi golni kiritib, o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Ispaniya chempionatining 15 o‘yinidan so‘ng «Barselona» 40 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Betis» esa 24 ochko to‘plab, beshinchi o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda «Barselona» 13 dekabr kuni o‘z maydonida «Osasuna»ni qabul qiladi. «Betis» esa 15 dekabr kuni safarda «Rayo Valyekano» bilan to‘qnash keladi.

Ispaniya — Primera. 15-tur
2025 yil 6 dekabr, shanba.
"BETIS" - "BARSELONA" - 3:5
Gollar:
1:0 Antoni – 6'; 1:1 F. Torres – 11'; 1:2 F. Torres – 13'; 1:3 Bardji – 31'; 1:4 F. Torres – 40'; 1:5 Yamal – 59' (pen.); 2:5 D. Lyorente – 85'; 3:5 Ernandes – 90'

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!