Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kuzatilishi haqida ma’lumot berildi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kuzatilishi haqida ma’lumot berildi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun O‘zbekistoning barcha hududlari bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo +13...+18 daraja iliq bo‘ladi. Faqat respublika shimolida havo harorati +2...+7 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

Ertaga O‘zbekiston hududiga nam havo kirib kelishi boshlanadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Hududning katta qismida havo harorati yuqori bo‘lishi saqlanib turadi, faqat respublika shimolida harorat -3 daraja sovuq +2 daraja iliqqacha pasayadi.

Yakshanba kuni respublikaning ko‘plab viloyatlarining ba’zi joylarida kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kunlari havo harorati +5...+10 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda -3 daraja sovuq +2 daraja iliq atrofida bo‘ldi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, shanba kuni biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yakshanba kuni kechasi va ertalab yog‘ngarchilik kuzatiladi (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin), kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari asosan +2...+6 daraja iliq, kunduz kunlari 7-8 fevralda +13...+16 daraja iliq, 9 fevralda +8...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 11:20 07.02.2025. O'qildi: 1410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!