Chexiyaning Grades-Kralove shahridagi savdo markazida sodir etilgan pichoqli hujumda ayollar halok bo‘ldi, deya xabar beradi Euronews.
Gumonlanuvchi 16 yoshli o‘smirdir. Tez orada u qo‘lga olindi.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan ikkala ayol ham hujum sodir bo‘lgan do‘konda ishlagan.
— Biz gumonlanuvchini jinoyat joyidan bir kilometr narida 10 daqiqadan so‘ng ushladik. Uni voqea joyida maxsus bo‘linma guruhi qo‘lga oldi, - dedi shahar polisiya boshqarmasi matbuot kotibi Iva Kormosova.
Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala marhumlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
— Grades-Kralovedagi voqea shahar aholisini dahshatga soldi va keng vahima uyg‘otdi, — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Hujum sabablari hozircha noma’lum, tergov harakatlari davom etmoqda.
Polisiyaning aytishicha, vaziyat nazorat ostida va xalq uchun xavf yo‘q.