Chexiya shimolida yuk mashinasi yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketdi.
Bu haqda "KTK" axborot agentligi ma’lumot tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Prosteyov va Kosteles-na-Gane shaharlari o‘rtasidan o‘tuvchi temir yo‘l liniyasining tartibga solinmagan (shlagbaumsiz) kesishmasida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida poyezdning birinchi vagoni relsdan chiqib ketgan.
Hodisa natijasida sakkiz kishi tan jarohati olgani bildirilmoqda.
Halokat vaqtida poyezdda 20 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan. Ayni paytda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.