Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan talabgorlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, 2026 yil avgust oyida chet tillari bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazishi belgilandi.

Quyidagi chet tillari bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazishi belgilandi:

Ingliz tili

Nemis tili

Fransuz tili

Turk tili

Arab tili

Ro‘yxatdan o‘tish:

Malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi.

Bunda ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi 12 avgust, to‘lov qilishning oxirgi sanasi 13 avgust hisoblanadi.

Malaka imtihonlari 2026 yil 24–25 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlarning to‘liq va aniq kiritishi so‘raladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq manzil va vaqt ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga qo‘shimcha ravishda yetkaziladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti hamda rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Kiritildi: 18:04 05.08.2026. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!