Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Chempionlar Ligasida o‘ynash tajribasiga ega futbolchi yangi mavsumda Superligada to‘p tepadi

Chempionlar Ligasida o‘ynash tajribasiga ega futbolchi yangi mavsumda Superligada to‘p tepadi

Serbiyalik qanot vingeri Vladimir Rodich yangi mavsumda "Buxoro" sharafini himoya qiladi. Klub matbuot xizmati bu haqida xabar berdi.

Futbolchi haqida ma’lumot: Vladimir Rodich 1993 yil 7 sentyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyati davomida Serbiya, Shvesiya, Turkiya, Norvegiya, Daniya kabi mamlakat chempionatlarida to‘p tepgan.

2015-16 yillarda Shvesiyaning “Malmyo” jamoasi tarkibida UYEFA chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida “Real Madrid”, “PSJ”, “Shaxtyor” klublariga qarshi to‘p surgan. Undan tashqari Chernogoriya milliy terma jamoasi sharafini 5 ta uchrashuvda himoya qilgan.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Rodichning katta tajribasi va mahorati yangi mavsumda ulkan marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o‘yin ko‘rsatib, jamoaning g‘alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashiga ishonch bildirdi.

Kiritildi: 23:51 02.02.2026. O'qildi: 199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!