Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Chempionlar ligasida pley-off qizg‘in pallada: Kimlar keyingi bosqichga chiqdi?

Chempionlar ligasida pley-off qizg‘in pallada: Kimlar keyingi bosqichga chiqdi?

Seshanba, 24 fevral kuni UYEFA Chempionlar ligasining 1/8 finalida ishtirok etadigan to‘rtta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Yevropaning eng nufuzli klublar turniri pley-off bosqichi doirasidagi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Atletiko», «Bayer», «Nyukasl» va «Budyo-Glimt» jamoalari g‘alaba qozonishdi.

Shu tariqa, ushbu to‘rt jamoa 1/8 final bosqichida bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradi va umumiy bosqichning eng kuchli sakkizta jamoasiga qo‘shiladi. Eslatib o‘tamiz, «Arsenal», «Bavariya», «Liverpul», «Tottenxem», «Barselona», «Chelsi», «Sporting» va «Manchester Siti» klublari ushbu bosqichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olgan edilar.

16 ta jamoa ishtirok etadigan bosqichning qolgan to‘rtta yo‘llanmasi chorshanba, 25 fevral kuni o‘z egalarini topadi. Ular uchun «Atalanta» — «Borussiya Dortmund», «Yuventus» — «Galatasaroy», «PSJ» — «Monako» hamda Madridning «Real» va «Benfika» jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.

Kiritildi: 11:41 25.02.2026. O'qildi: 1076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik