Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Chempionlar Ligasi. "Manchester Siti" "Real" maydonida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi (VIDEO)

Chempionlar Ligasi. "Manchester Siti" "Real" maydonida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi (VIDEO)

"Manchester Siti" Chempionlar Ligasi-2025/26 umumiy bosqichi 6-turi doirasida safarda "Real"ni mag‘lub etdi - 2:1. Uchrashuv "Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yindagi barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi. "Shaharliklar" safida Niko O'Rayli va Erling Xoland o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Madrid klubining yagona goli Rodrigo hisobiga yozildi. Futbolchining ketma-ket 32 o‘yindan iborat golsiz seriyasiga barham berildi.

"Manchester Siti" 6 o‘yinda 13 ochko jamg‘arib, Chempionlar ligasi umumiy turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. "Real" 12 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda bormoqda.

ECHLning navbatdagi turida ingliz klubi 20 yanvar kuni "Bude-Glimt" mehmoni bo‘ladi, Ispaniya jamoasi shu kuni "Monako"ni qabul qiladi.

ECHL. 6-tur
11 dekabr, 01:00
Real - Manchester Siti - 1:2
Gollar: Rodrigo, 28 (1:0). ORayli, 35 (1:1). Xoland, 43 - penaltidan (1:2)
Real: Kurtua, Raul Asensio (Endrik, 79), Ryudiger, Karreras, Valverde, Tchuameni, Bellingem, Sebalyos (Dias, 67), Vinisius Junior, Rodrigo, Garsiya (Arda Gyuler, 58)
Manchester Siti: Donnarumma, Ruben Diash, Gvardiol, ORayli, Mateus Nunes, Gonsales, Foden (Reynders, 70), Bernardu Silva, Sherki (Marmush, 70), Doku (Ake, 88), Xoland (Savio, 70)
Ogohlantirishlar: Ryudiger, 43. Rodrigo, 87. Karreras, 88 - Foden, 11. O`Rayli, 76. Bernardu Silva, 90

Kiritildi: 04:23 11.12.2025. O'qildi: 749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!